Siyosat
Pekin shahridagi tadbirlar dasturi yakunlangach, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Shenchjen shahriga keldi, deya xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Davlat rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, aeroportda oliy martabali mehmonni Guandun provinsiyasining rasmiy shaxslari kutib olgan.
Bugun, 25-yanvar kuni Prezident O‘zbekiston-Xitoy investitsiya forumida ishtirok etadi hamda XXR yetakchi kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
Shenchjen – Xitoyning aholi soni bo‘yicha uchinchi shahri hamda Guandun provinsiyasidagi maxsus iqtisodiy hududdir. Shahar texnologiyalar, tadqiqotlar, ishlab chiqarish, biznes va iqtisodiyot, turizm va transport borasida global markazlardan biri, konteynerli yuklar bilan ishlash quvvati bo‘yicha dunyodagi to‘rtinchi yirik dengiz portidir. Shuningdek, shahar Xitoyni Hongkong bilan bog‘lab turadi.
Ilm-fan
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
111848
Jamiyat
94678
Jamiyat
90674
Jamiyat
75345
Jamiyat
//
Izoh yo‘q