Madaniyat
Ushbu premyera Xitoy milliy opera teatri sahnasida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magida tashkil etildi.
Uch yillik gastrol safarlari davomida “Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” spektakli Dubay, Istanbul, Bursa, Dortmund, Moskva, Parij va Sankt-Peterburgda tomoshabinlar olqishlariga sazovor bo‘lgan. Xoreograf Raimondo Rebekning yuksak mahorati hamda O‘zbekiston Milliy baleti truppasining hissiyotlarga boy ijrosi sababli qadimgi raqs yangi talqinda yog‘du sochdi.
“Xorazm zaminida ming yillar davomida qadr topgan lazgi raqsi xalq ijodkorligining cheksiz imkoniyatidan hikoya qiluvchi o‘ziga xos dostondir. Lazgi – ijrochining har bir harakati, har bir imo-ishorasi, o‘tli nigohi o‘zbek madaniyatining boy tarixi va bemisl go‘zalligiga, qolaversa, ajdodlarga ehtirom timsoli sifatida namoyon bo‘ladigan lahzalardir”, deydi Saida Mirziyoyeva.
Pekinda namoyish etilgan spektakl Xitoy Xalq Respublikasida O‘zbekiston madaniyati kunlari doirasida taqdim etildi.
“Yuqori darajada tashkil etilgan ushbu badiiy bayram uchun chuqur minnatdorligimni bildiraman”, degan Saida Mirziyoyeva.
Jahon
Iqtisod
Jahon
Madaniyat
Siyosat
Ilm-fan
109996
Jamiyat
94293
Jamiyat
90150
Jamiyat
73432
Jamiyat
//
Izoh yo‘q