Siyosat
Toshkent viloyatida ikki erkak “jin chiqarish”ini aytib, ayolni o‘z uyida o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, sudlanuvchi R.B. 2023-yil 16-iyul kunidan 20-iyul kuniga qadar bo‘lgan vaqt davomida tanishi T.Y. bilan oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirib, muqaddam hech qanday diniy taʼlim olmagan bo‘lsalar-da, 1981-yilda tug‘ilgan N.U.ning uyiga borgan. Undan bir million so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, unga go‘yoki ichiga jin (shayton) kirib qolganini, buni “dam solib” qo‘yish va davolash muolajalarini bajarish yo‘li bilan chiqarib yuborishi mumkinligini aytgan.
Shu yo‘l bilan uning ishonchiga kirib, har kuni ertalab soat 05:00 da uyiga borib, mehmonxonasida bir soat davomida, “jin (shayton)ni chiqarish” uchun o‘zlari bilan olib kelgan “jin (shayton)ni chiqarish”da foydalanadigan anjomlari sifatida bolg‘a, temir qoziq, temir zanjir kabi predmetlar yordamida tanasining ko‘krak qafasi, qorin qismi, ikkala qo‘l va oyoq sohalariga kuch ishlatish bilan bosib, N.U.ning o‘limiga sababchi bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazgan.
Natijada 2023-yil 20-iyul kuni N.U. olgan tan jarohatlari natijasida o‘zining yashash xonadonida vafot etgan. Sud hukmi bilan R.B. uch yilga, T.Y. ikki yil-u olti oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
5 Izohlar
Азизбек
03:01 / 26.01.2024
Galati basmi ikki uch yillik srok
Bobir
15:01 / 25.01.2024
Odam o'ldirganga 3yil jazo berilibdimi, nima bu odam o'ldirishga motivatsiyami?!
Jasur
20:01 / 24.01.2024
Odam o'ldirishga 3yil. Bravoo!!!
Muhammadjon
19:01 / 24.01.2024
Одам ўлдирган уюшган жиноятчилар уч йилга, телеграмда нашида улашган йигит ўн йилга🤫
Abdulatif
19:01 / 24.01.2024
Нимага 2-3 йил билан чекланяпти бундай холатлар. Эй инсонлар қўй ўлмади, кимнидир онаси, турмуш ўртоғи ўлди. Ўлгандаям минг азоб билан хорликда ўлди. Нимага бундай динни ниқоб қилиб олганларга қаттиқроқ чора кўрилмайди??? Одам ўлдириш нашида эшитишдан кўра енгил жиноятми???? Мусулмонлар идораси фақат рамазон ойида, закот йиғим-теримида кўриниш беради холосми????