“Inqilobgacha o‘zbek degan etnik nom, xalq bo‘lmagan”. Rossiyalik tarixchi Markaziy Osiyo xalqlarini sun’iy yaratilganini da’vo qildi

Saqlash
21:25 / 23.01.2024 1641 0

Tarixchi Mixail Smolin NTV telekanali orqali chiqishida Markaziy Osiyo xalqlari tarixini haqorat qildi.

 

U qozoq va oʻzbek xalqi 1917-yilgacha mavjud boʻlmagan deya fikr bildirgan.

 

“Qozoqlarning kelib chiqishiga qarang, dastlab hech qanaqa Qozogʻiston boʻlmagan. Ular RSFSR tarkibida boʻlgan. Masalan, inqilobgacha oʻzbeklar ham boʻlmagan. Oʻrta Osiyodagi bir nechta xalqlarni birlashtirib oʻzbeklarni hosil qilishgan”, degan Smolin.

 

Sobiq deputat Rasul Kusherbayev rossiyalik tarixchining so‘zlariga munosabat bildirib, bunga oʻxshash maʼlumot tarqatayotgan kanallarni cheklash kerakligini ta’kidlagan.

 

“Bunday harakatlar fonida biz hech boʻlmasa birinchi galda oʻz jamiyatimizni xurujlardan saqlash uchun rus propagandasi bilan shugʻullanayotgan barcha kanallarni cheklash haqida bir toʻxtamga kelishimiz kerak. Bunisi endi oshib tushdi” deya yozadi u.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//