Madaniyat
O'zbekistonning AQShdagi elchixonasi oldiga buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy byusti o'rnatildi. Bu haqda Dunyo AA xabar berdi.
Haykalning tantanali ochilish marosimida AQSH hukumati, Oq uy, Davlat departamenti, diplomatik korpus, "aql" markazlari ekspertlari, ishbilarmon doira va yetakchi OAV vakillari qatnashgan.
Vashingtonda qad rostlagan Abu Rayhon Beruniy haykali “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti homiyligi asosida o‘zbekistonlik haykaltarosh ustalar tomonidan yasalgan.
AQSH vakillarining aytishicha, Vashingtondagi boshqa davlatlar elchixonalaridan farqli holda O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasi oldida siyosatchi yoki harbiy sarkardalarni emas, aynan yetuk olim haykalining o‘rnatilishi mamlakatning ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalarga e’tiboridan darak beradi.
Tadbir yakunida, uning ishtirokchilariga Federik Starr qalamiga mansub Abu Rayhon Beruniy va zamonaviy tibbiyot otasi hisoblangan Abu Ali ibn Sino hayoti va ijodiga bag‘ishlangan «Zamonasining daholari: Ibn Sino, Beruniy» kitoblari sovg‘a qilingan.
Biroq byust ostidagi ma’lumotlarda kichik xato mavjud. Xususan, toshbitikda atoqli olimning tavallud topgan yili 937-yil deb yozilgan, aslida esa Beruniy 973-yilda tug‘ilgan.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q