Madaniyat
Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Ayodhya shahrida hindiuylik xudosi Ramga atab qurilgan ulkan ibodatxonani ochib berdi.
Ibodatxona 1992-yili hinduiylardan iborat olomon tomonidan buzib tashlangan XVI asrga oid Bobur masjidi oʻrniga qurilgan.
O‘shanda masjidning buzilishi mamlakat boʻylab tartibsizliklar keltirib chiqargan va buning oqibatida ikki mingdan ortiq odam halok boʻlgandi.
Koʻplab hinduiylar musulmon hukmdor bo‘lgan Bobur bundan 500 yil oldin xudo Ram tugʻilgan joyda qad rostlagan ibodatxonani buzib, oʻrniga masjid qurgan, deb ishonadi.
Uzoq yillar davom etgan tortishuvlardan soʻng sobiq Bobur masjidi oʻrni hinduiylarga Ram xudosi ibodatxonasini qurish uchun berildi. Musulmonlarga esa masjid qurish uchun boshqa joydan yer ajratildi.
Ibodatxona qurilishi 217 million dollarga tushdi. Uni qurish uchun ochilgan jamgʻarma vakillarining so‘zlariga koʻra, mablagʻ xususiy xayriyalardan toʻplangan.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Sport
111125
Jamiyat
94526
Jamiyat
90472
Jamiyat
74600
Jamiyat
//
Izoh yo‘q