Yilning eng yaxshi film, aktyor va qo‘shiqchilari aniqlandi

Saqlash
10:06 / 09.12.2021 1142 0

Kecha, 8-dekabr kuni Kaliforniyaning Santa-Monika shahrida “People's Choice Awards” mukofotining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu mukofot g‘oliblari har yili tomoshabinlarning ovoz berish yo‘li orqali aniqlanadi.

“Yil filmi” nominatsiyasida “Qora beva” blokbasteri g‘olib deb topildi. U “O‘lish vaqti emas” va “Venom-2”ni ortda qoldirdi. “Eng yaxshi drama film” esa “Kruella” kartinasiga nasib qildi.

“Yil aktrisasi” sharafiga Skarlett Yoxansson, “Yil aktyori”ga bo‘lsa Dueyn Jonson erishdi. 

“Eng yaxshi serial” yo‘nalishi bo‘yicha Marvel kompaniyasining “Loki” loyihasi g‘olib deb topildi.

“Yil qo‘shiqchisi” g‘oliblari Adel va Montero Xill bo‘ldi. Kim Kardyashan esa “Moda malikasi” deb topildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//