Nonushta uchun eng maqbul 5 mahsulot

Saqlash
14:44 / 23.01.2024 1135 0

Koʻplab mutaxassislar tanaga yangi kunni osongina boshlashga yordam beradigan mahsulotlar borasida oʻz fikrlarini bildirgan. Ularning koʻpchiligi quyidagi mahsulotlarni eng foydali deya topgan.

 

Boʻtqa (kasha)

 

Grechka, ovsyanka, perlovka — eng foydali tanlovlardir. Ularni suv yoki sut bilan pishirish lozim, lekin shakar qoʻshmaslik kerak. Kashalarda koʻp miqdorda foydali uglevodlar mavjud, ular oshqozonni tez toʻydiradi va uzoq vaqt davomida ochlik hissini paydo qilmaydi.

 

Tuxum

 

Shuningdek, tuxumdan tayyorlangan har qanday ovqatlar (omlet, glazunya) nonushta uchun ideal taom. Ular koʻp miqdordagi vitamin va minerallarga ega.

 

Myusi

 

Doʻkonlardagi myusilarda koʻp miqdorda shakar mavjud, shuning uchun uni uy sharoitida tayyorlagan afzalroq: duxovkaga ovsyanka, marmelad, yongʻoq va biroz asal aralashmasini qoʻying. Tayyor myusiga yogʻsiz yogurt yoki sut qoʻshish mumkin.

 

Qora non

 

Sous va mayonez qoʻshilmagan, qora nonga tayyorlangan sendvich va buterbrodlar nonushta uchun mos taom.

 

Sut mahsulotlari

 

Sut mahsulotlari tanani katta miqdordagi ozuqa moddalari, D vitamini, kaliy va kalsiy bilan taʼminlaydi. Diyeta vaqtida yogʻsiz sut mahsulotlariga isteʼmol qilgan yaxshiroq.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//