Oʻzbek kinorejissyori nufuzli xalqaro kinofestivalga hakamlik qiladi

Saqlash
21:41 / 22.01.2024 1232 0

“Abdulla Avloniy”, “Oydinlar”, “Puankare”, “Abdulla Oripov” va yana boshqa koʻplab filmlarni suratga olgan Muzaffarxon Erkinov Serbiya davlatida oʻtkazilayotgan “17- Kustendorf” xalqaro kino festivalida 3 ta asosiy bosh hakamlar qatoridan joy oldi.

 

 

“17-Kustendorf” xalqaro kino va musiqa festivali 2024-yilning 23-27-yanvar kunlari Serbiyada boʻlib oʻtadi. Ushbu nufuzli festival Serbiya Respublikasi Madaniyat vazirligi va Mechavnik shahri homiyligida Rasta International tomonidan tashkil etilgan.

 

“Kustendorf” festivaliga kinorejissyor Emir Kusturitsa tomonidan asos solingan. Kustendorf har yili yangi paydo bo‘lgan rejissyorlar va jahon mualliflik filmlarining buyuklarini birlashtirishga e’tibor qaratadi.

 

Ma’lumot uchun Emir Kusturitsa 2023-yil “Toshkent xalqaro kinefestivali”da ishtirok etgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//