Jamiyat
2024-yil uchun hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 621 ming so‘mni tashkil etdi (kuniga 20,7 ming so‘m), deya xabar berdi Statistika agentligi.
Mamlakatda kambag‘allik chegarasini aniqlash maqsadida foydalaniladigan ko‘rsatkich 9,3 foizga oshgan (so‘nggi marta 2023-yil iyul oyida 498 ming so‘mdan 568 ming so‘mgacha oshirilgandi).
Jahon tajribasida minimal iste’mol xarajatlari ko‘rsatkichidan kambag‘allik chegarasi sifatida foydalanish keng tarqalgan bo‘lib, mazkur ko‘rsatkichdan:
davlatning moddiy va boshqa ijtimoiy ko‘maklariga muhtoj aholining maqsadli (target) guruhini aniqlash;
mamlakatning kambag‘allik chegarasini belgilashda foydalanish va bunda target guruhdagi aholining real iste’mol xususiyatlari va talablarini inobatga olish;
kambag‘allikka qarshi kurashish strategiyasi va dasturlarida belgilangan vazifa va chora-tadbirlarning natijadorligi hamda manzilliligini oshirish, shuningdek, ularning doimiy monitoringini yuritish;
pensiyalar va nafaqalarning eng kam miqdorini belgilash, shuningdek, kambag‘al oilalarga beriladigan boshqa turdagi moddiy ko‘maklarni ko‘rsatishda mezon sifatida foydalaniladi.
Ma’lumot o‘rnida, minimal iste’mol xarajatlari uy xo‘jaliklarining real iste’mol qiymatlari va tarkibini o‘rganish asosida ularning sog‘lom hayot kechirishlari uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlar hamda xizmatlar uchun minimal xarajatlarning hisoblangan qiymati hisoblanadi. Vazirlar Mahkamasi qarori bo‘yicha minimal iste’mol xarajatlaridan kambag‘allik mezoni yoki chegarasi sifatida foydalaniladi. Ijtimoiy himoya yagona reyestri axborot tizimi orqali oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish jarayonida qo‘llanadigan va jon boshiga to‘g‘ri keladigan bir oylik daromad mezoni minimal iste’mol xarajatlariga tenglashtiriladi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q