 
                   
                    Madaniyat
2024-yil yanvar oyining boshida ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtning Yashnobod tumanida joylashgan Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi binosi buzilishi haqida xabarlar keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. O‘shanda Madaniy meros agentligi rasmiy bayonet berib, bino buzilmasligi hamda obyektda olib boriladigan ta’mirlash ishlari haqida qo‘shimcha axborot berilishini ma’lum qilgandi.
2024-yilning 11-yanvar kuni Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashining 1-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Yig‘ilishda “O‘zshaharsozlik LITI” davlat muassasasi tomonidan taqdim etilgan “Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish” loyihasi ko‘rib chiqilgan.
Loyihaga ko‘ra, ushbu binoga mos ravishda 26 metr, 13 metr va 52 metr masofalardagi “Akkreditatsiya-simulyatsiya” qo‘shimchasiga 2 ta yotoqxona binosini qurish, loyihada cherkov bo‘lgan binoning yuqori qismini tiklash, binolarning tashqi ko‘rinishini hamda konstruktiv holatini saqlash belgilangan.
Agentlik huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashi tomonidan “O‘zshaharsozlik LITI” davlat muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan Toshkent tibbiyot akademiyasining binosi (sobiq Kadetlar binosi) rekonstruksiya qilish va inshootlarini qurish loyihasi yuqorida belgilangan talablar, shuningdek, binoning tashqi ko‘rinishini konstruktiv tarzda saqlash sharti bilan tasdiqlangan.
 
                  Siyosat
 
                  Sport
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 109664
             109664
          Jamiyat
 94049
             94049
          Jamiyat
 89829
             89829
          Jamiyat
 72983
             72983
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q