Jamiyat
Rossiyaning Yekaterinburg shahridagi qurilish obyektlarida o‘tkazilgan reydlar davomida huquq-tartibot idoralari xodimlarni migrantlarni o‘rdaksimon yurishga majburladi. Bu haqda “Russkaya Obshchina Yekaterinburg” xabar berdi.
Qayd qilinishicha, huquq-tartibot idoralari xodimlari Rossiya migratsiya qonunchiligiga amal qilinishi bo‘yicha reyd o‘tkazgan. 17-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan tadbir davomida xavfsizlik kuchlari 150 kishining hujjatini tekshirgan. Ulardan 8 nafari immigratsiya qonunchiligini buzgani aniqlangan va endi ularni deportatsiya kutmoqda. 4 nafariga esa harbiy ro‘yxatga olinishi uchun chaqiruv qog‘ozi berilgan.
Shu bilan birga, huquq-tartibot idoralari xodimlari migrantlarni o‘rdaksimon yurishga majburlagan. Taqdim etilgan videolavhada bir necha nafar migrantni o‘rdaksimon harakatlanganini, boshqa fotosuratda ularni yerga cho‘kka tushib o‘tirganini ko‘rish mumkin.
Ushbu voqea oshkor bo‘lganidan so‘ng, Sverdlovsk viloyati Inson huquqlari bo‘yicha komissari Tatyana Merzlyakova reydlarni tekshirishini ma’lum qildi.
“Nima bo‘lganini o‘rganaman. Bizda migrantlar huquqlarini himoya qiluvchi mutaxassis bor, lekin u hozirgacha menga hech narsa demadi. Bu voqeaga ko‘zlarim ishonmayapti. Bunday bema’ni ishlar bilan shug‘ullanishga vaqtimiz yo‘q”, dedi Merzlyakova. Uning ta’kidlashicha, bunday holat Yekaterinburg shahriga xos emas.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q