Siyosat
O‘zbekiston aholisi orasida xalqaro qabul qilingan standart metodologiya asosida keng ko‘lamli tadqiqotlar o‘tkaziladi. Bu “Aholi salomatligi-2030” milliy strategiyasining 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasida belgilangan.
Unga ko‘ra, respublikada HBSC tekshiruvi o‘tkaziladi. Unda maktab yoshidagi bolalar orasida salomatlik sohasida fe’l-atvor o‘rganiladi.
Shuningdek, GYTS tekshiruvi tashkillashtiriladi. U maktab o‘quvchilari orasida tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishning tarqalganligini o‘rganishga qaratilgan.
Bundan tashqari, STEPS tekshiruvi o‘tkazish ham mo‘ljallangan. U katta yoshdagi aholi orasida yuqumli bo‘lmagan kasalliklar xavfli omillarining tarqalganligini o‘rganishni nazarda tutadi.
Anemiya (temir moddasi, V12 vitamini yetishmasligi), yod yetishmasligi, foliy kislotasi va A vitamini yetishmasligining tarqalganligi va sabablarini o‘rganish ham rejalashtirilmoqda.
Rejada aholi tomonidan tuz iste’mol qilish darajasini o‘rganish ham belgilangan.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112267
Jamiyat
94946
Jamiyat
91055
Jamiyat
75826
Jamiyat
//
Izoh yo‘q