Jamiyat
O‘zbekiston hududiga 19-yanvar kuni nam va nisbatan sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, deb xabar berdi “O‘zgidromet”.
Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat sharqiy hududlarning ba’zi joylarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Havo harorati kunduzi 5-10 daraja iliqdan, shimolda 3 daraja sovuq-2 daraja iliqdan yuqori bo‘lmaydi.
20-yanvar, shanba kuni faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechasi va ertalab yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik saqlanib turadi. O‘zbekistonning qolgan hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Ko‘pchilik hududlarda havo harorati kechasi 0-5 darajagacha pasayadi, kunduzi 3-8 daraja iliqni, shimolda kechasi 8-13 daraja sovuqni, kunduzi 0-5 daraja iliqni tashkil etadi.
21-yanvar, yakshanba kuni O‘zbekistonda ochiq va quyoshli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harоrat kechasi 0-5 daraja sovuq atrofida bo‘lishi saqlanib turadi, kunduzi 7-10 daraja iliqqacha ko‘tariladi, respublika shimolida kechasi 5-10 darajagacha, kunduzi 2-7 darajagacha bo‘ladi.
20—21-yanvarda shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlari tog‘li hududlarida ushbu kunlarda qor ko‘chishi xavfi bor.
Toshkentda dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Kechasi havo harorati 1-3 darajagacha sovuq, kunduzi 4-7 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q