Iqtisod
O‘zbekistonda avtomototransport vositasini notarial idoraga bormasdan sotish imkoniyati yaratildi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Unga koʼra, sotuvchi E-notarius.uz axborot portalida “Notarial harakatni rasmiylashtirish”ni tanlaydi, oʼzining shaxsiga oid maʼlumotlarni kiritadi va notarial harakatni yaratadi.
- sotuvchi sotilayotgan avtomototransport vositasini tanlaydi va narxini kiritadi;
- sotuvchi sotib oluvchining JShShIRni, shaxsini tasdiqlovchi hujjat seriyasi va raqamini va telefon raqamini kiritadi;
- sotib oluvchining telefoniga SMS xabarnoma yuboriladi. Sotib oluvchi havolaga kirib Face-Id orqali verifikatsiyadan oʼtadi va roziligini tasdiqlaydi;
- avtomatik tarzda yoki ixtiyoriy notarius tanlanadi;
- notarius notarial harakatni rasmiylashtirishga qabul qilib, vaqtni belgilaydi va taraflarning mobil telefoniga SMS xabarnoma yuboriladi;
- belgilangan vaqtda notarius taraflar ishtirokida videokonferensaloqa orqali notarial harakatni rasmiylashtiradi;
Bitimning asl nusxalari taraflarga kuryerlik (pochta) xizmati orqali yuboriladi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q