“Kitobxon harbiylar oilalari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Saqlash
16:26 / 19.01.2024 2115 0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-401-son qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan ”Kitobxonlik oiladan boshlanadi, kitobxon ona — kitobxon bola” g‘oyasini hududlarda keng targ‘ib qilish maqsadida har oyning 17-sanasi “Kitobxon onalar kuni” deb belgilandi.

 

 

 

Oila va xotin-qizlar ko‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida imzolangan “Qo‘shma chora-tadbirlar rejasi”ga asosan 2024-yilning 17-yanvar kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oila va xotin-qizlar ko‘mitasi hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida 14-yanvar — “Vatan himoyachilari kuni”, O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining 32 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi markaziy apparati, Bojxona instituti, Toshkent AERO ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar Akademiyasi, Mudofaa vazirligi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan xotin-qizlar va ularning oilalari vakillari, shuningdek ZOOM orqali ularning hududiy bo‘linmalari vakillari ishtirokida “Kitobxon harbiylar oilalari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

 

 

Shuningdek, tadbirda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi mas’ul xodimi Z.Iskandarova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi xodimi Z.Akbarqulova, Falsafa fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira S.To‘ychiyeva, Tarix fanlari doktori professor D.Bobojonova, Nizomiy nomidagi TDPU “Umumiy psixologiya” kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi R.Abdullayeva, “Vatanparvar” gazetasi muxbiri, jurnalist, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi I.Ibrohimovalar ham ishtirok etib, kitobxonlik ma’rifati bo‘yicha o‘z mulohazalarini bildirdi.

 

 

Tadbir so‘nggida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan kitob aksiyasi o‘tkazildi. Kutubona fondi esa Surxandaryoning Qirqqiz onasi Ro‘zixol Jumayevaning “Oltin ostona” va “Toza ruh hayratlari” she’riy to‘plamlari tuhfasi bilan boyitildi.

 

 

Bojxona qo‘mitasi, Milliy gvardiyaning “Sharq go‘zallari” ansambli tomonidan tayyorlab kelingan kuy va qo‘shiqlar, raqslar bilan tadbir kitobxon onalarning chinakam bayramiga aylandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//