Samarqandda pistolet sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Saqlash
16:14 / 19.01.2024 1771 0

Samarqand viloyatida “Makarov” pistoletini sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi, deya xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati.

 

DXX xabariga ko‘ra, o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahrida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat Kodeksining 251-1 va 246-moddalari bilan sudlangan shaxs xaridorga 1 dona «Makarov» pistoleti va uning 96 dona o‘q-dorisini 10 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.


Shuningdek, uning yashash xonadonida o‘tkazilgan tintuv harakatlari davomida, foydalanishga yaroqli deb topilgan, kalibri 5,6 mm bo‘lgan eski rusumdagi «Monte Kristo» to‘pponchasi, turli xil gilzalar, ov miltig‘i qismlari, o‘tkir tig‘li jismlar hamda boshqa ashyoviy dalillar prosessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

 

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 248-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//