Jamiyat
Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yo‘ldan o‘tib ketayotgan yo‘l-patrul xizmati xodimlarini haqoratlagan erkaklarga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Milliy TV telekanalining Millar dasturida xabar berildi.
Qayd etilishicha, 4 nafar erkak yo‘ldan o‘tib ketayotgan YPX xodimlarining avtomashinasini videoga olib, xodimlarni turli so‘zlar bilan haqorat qilgan. Ularning onasidan so‘kib, videoni Telegram orqali turli guruhlarga jo‘natgan.
“7-yanvar kuni o‘rtoqlarimiz bilan yig‘ildik. Spirtli ichimlik ichdik, keyin tashqariga chiqdik. O‘sha vaqtda yo‘ldan o‘tayotgan GAI mashinasiga qarab haqoratli so‘zlar ishlatdik va buni tasvirga olib, mahallamizning Telegram guruhiga yubordik. „GAI“ xodimlariga hech qanday adovatim yo‘q. Hammasidan uzr so‘rayman. Videoni kim tarqatdi noma’lum”, — deydi erkaklardan biri.
Sudlanuvchilarning qolganlari ham mast holatda bo‘lishgani, so‘kishgani va qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Koson tumani sudi hukmi bilan ularning har biriga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) va 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi bilan 10 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Jahon
Iqtisod
Jahon
Madaniyat
Siyosat
Ilm-fan
109996
Jamiyat
94293
Jamiyat
90150
Jamiyat
73432
Jamiyat
//
Izoh yo‘q