Siyosat
Ayni paytda prezident raisligida eksport, investitsiya va mahalliy sanoatda 2024-yilda turgan vazifalar boʻyicha yigʻilish bo‘lib o‘tmoqda.
Ta’kidlanishicha, ayrim korxonalarimizda xalqaro sertifikat yoʻqligi uchun global logistika zanjirlariga qoʻshila olmayapti.
Iqtisodiyotning drayver sohalarida xalqaro standartlarni joriy qilish darajasi 35 foizga ham yetmaydi.
Shu bois, Texnik tartibga solish agentligi toʻliq isloh qilinib, hukumat tarkibiga oʻtkazilishi belgilandi. Umuman, ushbu sohadagi barcha huquqiy jarayonlarni talab darajasiga yetkazish uchun adliya vaziri A.Toshqulov masʼul qilindi. Agar u ikki oyda sohani tartibga solmasa, lavozimidan ozod etilib, ushbu agentlikka rahbar etib tayinlanishi haqida ogohlantirildi.
Shuningdek, mutasaddilarga 2024-yilda eng koʻp eksport boʻladigan Yevropadagi 10 ta davlat bilan milliy sertifikatni ikki tomonlama tan olish boʻyicha kelishuvga erishish, 1,7 mingta xalqaro standart va 19 ta texnik reglamentni qabul qilish, 1,2 mingta korxonada xalqaro sifat tizimlarini joriy etish, sifati kafolatlangan mahsulotlar turini 4 mingtadan 7,5 mingtaga yetkazish topshirildi.
Joriy yilda “GSP+” tizimi orqali Yevropaga eksport qilinadigan tovarlar turini 700 taga, hajmini 1,2 milliard dollarga yetkazish zarurligi taʼkidlandi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q