Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari va Texnik tartibga solish agentligi rahbari ishdan boʻshatildi

Saqlash
16:28 / 18.01.2024 994 0

Ayni paytda prezident raisligida eksport, investitsiya va mahalliy sanoatda 2024-yilda turgan vazifalar boʻyicha yigʻilish bo‘lib o‘tmoqda.

 

Davlat rahbari tizimdagi muammolarni sanab oʻtdi. Kompleks uchun masʼul bosh vazir oʻrinbosari J.Xoʻjayev chorak yakunigacha oʻzgarish qilmasa, lavozimiga loyiqligi koʻrib chiqilishi toʻgʻrisida ogohlantirildi.


Oʻz tizimidagi kamchiliklar va sustkashlik uchun Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari B.Abidov va Texnik tartibga solish agentligi rahbari D.Sattarov lavozimidan ozod qilindi.

Investitsiya kompleksiga kiruvchi vazir va hokimlarning rejalari va natijalari sust boʻlgan oʻrinbosarlari ishdan boʻshatilib, ularga aniq KPI belgilanishi va shundan keyin bir yil muddatga shartnoma asosida ishga olinishi belgilandi. Natijaga qarab shartnoma uzaytiriladi yoki bekor qilinadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//