Siyosat
Ayni paytda prezident raisligida eksport, investitsiya va mahalliy sanoatda 2024-yilda turgan vazifalar boʻyicha yigʻilish bo‘lib o‘tmoqda.
Yig‘ilishda davlat rahbari tizimdagi muammolarni sanab oʻtdi. Xususan, kompleks rahbariyati soʻnggi olti yilda chetdan qariyb 50 milliard dollar investitsiya kirgani haqida maʼlumot berayotgani, lekin ushbu investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotga, qoʻshilgan qiymatga, eksportga taʼsiri qanday boʻlgani boʻyicha tahlillar yetarli emasligi qayd etildi.
Masalan, oʻtgan yili yalpi ichki mahsulot ham, sanoat ham 6 foizga oʻsdi. Biroq, tovarlar eksportida kutilganidek oʻsish boʻlmagani aytildi.
Hududlarda esa moliyalashtirish toʻliq yakunlangan 8 trillion soʻmlik 1 mingta loyiha haligacha ishga tushmagan.
Mamlakatimiz sertifikatlarini tan olish boʻyicha haligacha birorta davlat bilan kelishuvga erishmagan. Xalqaro moliya tashkilotlari bilan qiymati 480 million dollarlik 5 ta loyiha boʻyicha kelishuv imzolanganiga 1-2-yil boʻlgan boʻlsada, oʻzlashtirish boshlanmagan.
Ikki yil oldin tashkil qilingan Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasiga 1 milliard dollar xorijiy investitsiya olib kelish boʻyicha rejalar toʻliq amalga oshirilishi shartligi koʻrsatib oʻtildi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q