“Yagona toʻgʻri yoʻlimiz – xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish va eksportni koʻpaytirish” – Shavkat Mirziyoyev

Saqlash
10:01 / 18.01.2024 654 0

Prezident raisligida eksport, investitsiya va mahalliy sanoatda 2024-yilda turgan vazifalar boʻyicha yigʻilish boshlandi. 

 

Davlatimiz rahbari yalpi ichki mahsulotni oshirish boʻyicha katta marra olinganini, lekin bunga faqat ichki investitsiya va ichki bozor bilan erishib boʻlmasligini qayd etdi:

 

“Yagona toʻgʻri yoʻlimiz – xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish va eksportni koʻpaytirish”.

 

Prezident bevosita investitsiya, sanoat va eksportga masʼul 11 ta vazirlik va idora, 10 ta uyushma, xorijdagi diplomatik vakolatxonalar, bundan tashqari, barcha vazirlik, tarmoq va hududlarda eksport va investitsiyaga masʼul rahbar oʻrinbosari faoliyat yuritayotgan investitsiyalar va tashqi savdo tizimining faoliyati juda sustligini koʻrsatib oʻtdi.

 

Hozirgi murakkab vaziyatda tizimda investitsiya va eksport boʻyicha chuqur tahlil yoʻqligi tanqid qilindi.

 

Asosiy bozorlarimiz boʻlgan mamlakatlardagi devalvatsiya, jahonda roʻy berayotgan ziddiyatlar va logistika hisobiga ularga eksport kamaygan.

 

Bunday murakkab vaziyat bugun yoki kecha boshlanmagani, Investitsiya vazirligi va tarmoqlar rahbarlari eksport bozorlarini diversifikatsiya qilish ustida oʻz vaqtida bosh qotirmagani koʻrsatib oʻtildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish