Toshkentga uchgan bir necha samolyot boshqa aeroportlarga qo‘nishga majbur bo‘ldi

Saqlash
10:01 / 18.01.2024 681 0

Qalin tuman 17-yanvar kuni Toshkent aeroporti faoliyatini cheklab qo‘ydi va bir necha uchoqlar muqobil aeroportlarga qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Uzbekistan Airpots matbuot xizmati xabar berdi.

 

Xususan, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY602 (Moskva—Toshkent) reysi Samarqanddagi muqobil aerodromga qo‘nishga qaror qildi. Samolyot Toshkent vaqti bilan soat 05:20 da Samarqand aeroportiga qo‘ndi.

 

Soat 05:19 da havoga ko‘tarilgan Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY9613 (Moskva— Toshkent) reysi yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Urganch aeroportiga yo‘l olishga qaror qildi. Samolyot Toshkent vaqti bilan soat 06:42 da Urganch aeroportiga qo‘ndi.

 

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Vladivostok—Toshkent yo‘nalishidagi HY708 reysi Samarqanddagi muqobil aerodromga yo‘l oldi. Samolyot Toshkent vaqti bilan soat 07:03 da Samarqand aeroportiga qo‘ndi.

 

Centrum Air aviakompaniyasining C67704 (Jidda—Toshkent) reysi ham muqobil aerodromga yo‘l oldi. Samolyot Toshkent vaqti bilan soat 07:52 da Samarqand aeroportiga qo‘ndi.

 

“Rossiya” aviakompaniyasining SU6971 (Toshkent—Sankt-Peterburg) reysi Farg‘ona muqobil aerodromiga yo‘l oldi. Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 10:05 da Farg‘ona aeroportiga qo‘ndi.

 

Panorama Airways aviakompaniyasining 5P5366 va 5P362 (Madina—Toshkent) reyslari Samarqanddagi muqobil aerodromga yo‘l oldi. 5P362 reysi mahalliy vaqt bilan soat 10:28 da, 5P5366 reysi Samarqand aeroportiga soat 10:21 da qo‘ndi.


Shuningdek, O‘sh (Qirg‘iziston) aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli Quvaytdan uchayotgan Jazeera Airways aviakompaniyasining J9653 reysi Namangandagi muqobil aerodromga jo‘nab ketdi. Samolyot Toshkent vaqti bilan soat 08:35 da Namangan aeroportiga qo‘ndi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish