Jamiyat
Toshkent shahri tumanlarining ayrim hududlarida elektr va gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” va “Hududgaztaʼminot” matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariya holatlarining oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta'mirlash ishlarini olib borish maqsadida, 18-yanvar kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha to'xtatiladi:
- Bektemir tumani: «Musaffo» MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
- Sergeli tumani: «Sahovat» MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha.
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirilgan.
Shuningdek Toshkent shahar Olmazor tumanida taʼmirlash ishlari tufayli “Universitet” MFYga soat 11:00 dan 17:30 ga qadar tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.
Aholi isteʼmolchilari
- “Universitet” MFY 14 ta ko‘p qavatli uydagi 280 ta xonadon
- Ulgurji iste’molchilar soni — 5 ta
«Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi. Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi» deyiladi xabarda.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q