Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda “Kosmonavtlar” bekatida yong‘in chiqqani haqida xabarlar tarqalmoqda. “Toshkent metropoliteni” DUK holatga izoh berdi.
Unga ko‘ra, 17-yanvar kuni soat 19:30 larda “Kosmonavtlar” metro bekatiga kirib kelgan 40-sonli harakat tarkibining vagon elektr qismida texnik nosozlik holati kuzatilgan. Shu boisdan yo‘lovchilar va harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida yo‘lovchilar bekatga tushirilgan hamda mashinist tomonidan belgilangan yo‘riqnomaga asosan tezkor chora-tadbirlar ko‘rilib, nosozlik bartaraf etilgan. Bu holat yo‘nalishdagi harakat jadvaliga hech qanday taʼsir ko‘rsatmagan.
Keltirilgan noqulayliklar yuzasidan yo‘lovchilardan uzr so‘raldi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112173
Jamiyat
94858
Jamiyat
90930
Jamiyat
75714
Jamiyat
//
Izoh yo‘q