Jamiyat
Toshkent shahar hokimligi tomonidan poytaxtdagi ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida kompleks chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda hokimlik xabar berdi.
Hokimlik xabariga ko‘ra, chora-tadbirlar rejasida ekologik barqarorlikni ta’minlash, havoga chiqayotgan maishiy chiqindilarni kamaytirish, jamoat transporti tizimini ham sifat, ham son jihatdan yaxshilash, yo‘llarda ustuvorlikni mashinalarga emas, eng avvalo piyodalarga, undan so‘ng jamoat transportiga berishga qaratilgan infratuzilmani yaratish va shu kabi bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
“Ekologik holatni yaxshilash va aholi salomatligini asrab-avaylash maqsadida ayrim keskin qarorlarni qabul qilish talab etiladi. Shu sababli mazkur qarorlar kelgusida salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmasligi uchun ilmiy tadqiqotlar hamda tahlillarga asoslangan bo‘lishi zarur”, deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, ayni kunlarda shahar hokimligi huzurida har bir yo‘nalish bo‘yicha, mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda, ishchi guruhlar faoliyat olib bormoqda. Har bir ishchi guruhning tahliliy xulosalari asosida poytaxt miqyosida qilinadigan amaliy choralar haqida taqdimot tayyorlanmoqda.
“Tez orada ushbu taqdimot keng jamoatchilik e’tiboriga havola etiladi”, deya ma’lum qildi poytaxt hokimligi.
Jahon
Iqtisod
Jahon
Madaniyat
Siyosat
Ilm-fan
109996
Jamiyat
94293
Jamiyat
90150
Jamiyat
73432
Jamiyat
//
Izoh yo‘q