Jamiyat
Hukumat qarori (24-son, 13.01.2024-y.) bilan “Respublika davlat taʼlim muassasalarida dars oʻtish uchun foydalaniladigan oʻquv-uslubiy filmlarni ishlab chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, taʼlim muassasalarida dars oʻtish uchun foydalaniladigan oʻquv-uslubiy filmlar mavzulari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Har yili 30-yanvargacha filmlarning tasdiqlangan mavzulari roʻyxati Kinematografiya agentligiga taqdim etiladi.
Shunga koʻra, Agentlik tomonidan har yili 50 tagacha film ishlab chiqariladi.
Bunda filmlarning mavzulari oʻquvchi va talabalar oʻzlashtirishi murakkab boʻlgan fanlar, ularning asoslari, mavzulari (formula, teorema, qonuniyatlari) asosida shakllantiriladi.
Filmlarni joylashtirish uchun 2024-yil 1-aprelgacha oʻquv-uslubiy filmlar portali va mobil ilovasi yaratiladi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q