Jamiyat
15-yanvar kuni Shaxrisabz shahrida yashovchi, 2006-yilda tugʻilgan qiz M.M. Bolalar ombudsmaniga yordam so‘rab murojaat qilgan.
Bolalar ombudsmani qizning oʻzini shaxsan qabul qilib, uning murojaati mazmuni bilan tanishdi, deb xabar berdi ombudsman matbuot xizmati.
Aniqlanishicha, M.M. hozirda universitetning 1-kursida oʻqimoqda va oʻqishini davom ettirish niyatida. Bir necha yildan buyon tanishi boʻlgan O.B. (yigit) unga turmushga chiqishiga undab, turli shaklda bosim oʻtkazib kelmoqda. O.B.ning va M.M.ning ota-onalari oʻzaro kelishib, qizning roziligisiz unashtiruv marosimini oʻtkazgan boʻlib, hozirda O.B. tomonidan unga turmushga chiqishga undab, ruhiy bosim oʻtkazilmoqda.
Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan alohida kuzatuvga olinib, tezkor ravishda prokuratura va ichki ishlar organlari tomonidan oʻrganildi.
Hozirda O.B. va qizning ota-onasi ayolni turmushga chiqishga majburlash harakati jinoiy javobgarlikka asos boʻlishi haqida ogohlantirilib, buning huquqiy oqibatlari tushuntirildi.
Shuningdek, M.M.ga ichki ishlar organlari tomonidan himoya orderi taqdim etilib, uning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tegishli choralar koʻrildi.
Eslatib oʻtamiz, nikoh yoshi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish (Maʼmuriy javobgarik toʻgʻrisidagi Kodeksi 47 (3) moddasi), ayolni turmushga chiqishga majburlash (JK 136-moddasi) uchun javobgarlik koʻzda tutilgan.
Jahon
Iqtisod
Jahon
Madaniyat
Siyosat
Ilm-fan
109996
Jamiyat
94293
Jamiyat
90150
Jamiyat
73432
Jamiyat
//
Izoh yo‘q