Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda tanasini transport vositasidan chiqarib harakatlangan va xavfli manyovrni amalga oshirgan shaxslarning videosi tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur video Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘rganib chiqilgan.
Aniqlanishicha, joriy yilning 16-yanvarga o‘tar kechasi taxminan soat 03:30 larda Olmazor tumani Yangi Olmazor ko‘chasida 2005-yilda tug‘ilgan Sh.S. (haydovchilik guvohnomasi mavjud emas) ijaraga olingan Monza rusumli avtomobilda davlat raqamini yechib harakatlangan.
Harakatlanish jarayonida transport vositasida tanishlari 2006-yilda tug‘ilgan M.A., 2006-yilda tug‘ilgan M.L., 2009-yilda tug‘ilgan I.A. ham bo‘lgan va yo‘l harakati qoidalarini buzgan. Transport vositasini boshqargan Sh.S. yo‘lovchilar M.L. va I.A. tanasini transport vositasidan chiqarib harakatlanishiga yo‘l qo‘ygan va ularning hayotini xavf ostiga solgan.
Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmaganlarning ota-onasiga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga (“Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik”) asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Transport vositasi jarima maydoniga qo‘yilgan.
Shuningdek, transport vositasini boshqarish jarayonida yo‘l harakati qoidalari buzililgani holati yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q