Siyosat
17-yanvar 09:22 holatiga ko‘ra, Toshkent havosining ifloslanishi bo‘yicha IQAir reytingida 8-o‘rinni egalladi.
IQAir portal ma’lumotlariga ko‘ra, soat 7:20 lar atrofida Toshkent havosida mayda PM-2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 159 mkg/m3ni tashkil etgan – bu “xavfli” tasnifidagi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Reytingda 1-o‘rinni Hindistonning Dehli shahri egallagan — PM-2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 252 mkg/m3. Hindistonning Kalkutta shahri esa 2-pog‘onada — 203 mkg/m3. Uchlikka Pokistonning Lahor shahri yakun yasagan — 196 mkg/m3.
Shuningdek, reytingda dastlabki o‘nlikdan Xitoyning Pekin, Bangladeshning Dakka, O‘zbekistonning Toshkent, Vetnamning Xanoy va Myanmaning Yangon shaharlari o‘rin oldi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, havo ifloslanishi ko‘rsatkichlari orasida salomatlik uchun eng katta xavf tug‘diradigani aynan PM-2,5 dispers zarralaridir.
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
110204
Jamiyat
94343
Jamiyat
90223
Jamiyat
73639
Jamiyat
//
Izoh yo‘q