Karmana tumaniga yangi hokim tayinlandi

Saqlash
14:07 / 17.01.2024 955 0

2024-yil 16-yanvar kuni Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining navbatdan tashqari 77-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov, sektor rahbarlari, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tashkilot va korxonalar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

 

Tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan mazkur sessiya ishida viloyat rahbari Normat Tursunov so‘zga chiqib, tuman hokimi lavozimiga Adizov Valijon Yusupovichni tayinlash to‘g‘risida qabul qilingan viloyat hokimining qarorini o‘qib eshittirdi.

 

Ushbu qaror xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi deputatlari tomonidan ma’qullandi.

 

Valijon Adizov bunga qadar Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

 

Oldingi hokim, Faxritdin Umarov 2016-yildan buyon Karmana tumaniga hokimlik qilib kelayotgandi. 2023-yil oktyabr oyi oxirida prezident Shavkat Mirziyoyev tuman rahbarlarini ishdan olishga ko‘rsatma bergandi. Bunga tuman hududidagi mayning fermalar sabab bo‘lgandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//