Markaziy Osiyo davlatlari deputatlari qancha maosh oladi?

Saqlash
15:01 / 16.01.2024 1443 0

Asia-Plus nashri Markaziy Osiyo mamlakatlari deputatlari oylik maoshlarini solishtirdi. Ro‘yxatdan Turkmaniston joy olmagan.

 

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra eng ko‘p maosh qozog‘istonlik deputatlarga, eng kami esa o‘zbekistonlik deputatlarga to‘lanadi.

 

Qozog‘iston deputatlari 2050 AQSH dollar (25,3 mln so‘m), Tojikiston deputatlari 688 dollar (8,5 mln so‘m), Qirg‘iziston deputatlari – 500 dollar ( 6,2 mln so‘m), O‘zbekiston deputatlari esa 380 dollar (4,7 mln so‘m) miqdorda maosh oladi.

 

Qirg‘iziston deputatlarining maoshi mamlakatda qabul qilingan eng kam ish haqidan 30 barobar, qozog‘istonlik deputatlarniki esa 25 barobar, tojikistonlik deputatlarniki 12,5 barobar yuqoriroq.

 

Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1 mln 50 ming so‘mni tashkil etadi va deputatlarning maoshi esa undan deyarli 4,5 barobar ko‘p.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish