2024-yilda kredit foiz stavkalarini kamaytirish ishlari olib boriladi

Saqlash
19:42 / 16.01.2024 1270 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024 yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tyapti.

 

Yigʻilishda bank tizimi barqarorligini taʼminlash hamda kredit foiz stavkalarini tushirish masalalariga toʻxtalib oʻtildi.

 

Xususan, bozor mexanizmlari asosida kredit stavkalarini kamida 2-3 foizga tushirish muhimligi qayd etildi.

 

Ta’kidlanishicha, banklar resurs yoʻqligi sababli kredit foizi yuqori, deyishga oʻrganib olgan. Vaholanki, muammoli kreditlarni undirishni oʻzidan 25 trillion soʻmlik kreditga resurs topsa boʻladi.

 

Masalan, Jizzax, Surxondaryo va Sirdaryoda muammoli kreditlar ulushi 10 foizga yetgan. Tarmoq rahbarlari, hokimlar 9 trillion soʻm kreditlar hisobiga ishga tushgan 2 ming 342 ta loyiha past quvvatda ishlayotganini tahlil qilib, ularning muammolarini hal qilishda koʻmaklashmayotgani tanqid qilindi.

 

Ma’lum qilinishicha, endilikda Savdo-sanoat palatasi va Biznes-ombudsman kredit olgan korxonalarning toʻliq quvvatda ishlab ketishiga koʻmaklashadi. Hokimlar, banklar kredit berishdan oldin loyiha qancha ish oʻrin yaratishi, byudjetga qancha tushum boʻlishini hisob-kitob qilish tizimiga oʻtadi va samarasiga shaxsan javob beradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//