Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tyapti.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti huzurida Ilmiy-tahliliy va oʻquv markazi ochiladi. Bu haqda videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, departamentga eng zamonaviy axborot tizimlari, maxsus vositalar olib beriladi, iqtisodiy sohalar va chet tillarini mukammal biladigan, fidoyi va vatanparvar mutaxassislar tanlab olinadi.
Departament huzurida Ilmiy-tahliliy va oʻquv markazi ochiladi. Markaz yashirin iqtisodiyotga sabab boʻlayotgan omillarni aniqlab, ilgʻor xorijiy tajriba asosida takliflar ishlab chiqadi, tizim
xodimlarini iqtisodiy jinoyatlarni aniqlash, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish boʻyicha oʻqitadi.
Shu bilan birga, Bosh prokuraturada ham yashirin iqtisodiyot boʻyicha alohida boshqarma va uning hududiy boʻlimlari tashkil qilinadi.
Departament 5 ta muhim yoʻnalish: qurilish, farmatsevtika, alkogol va tamaki, noqonuniy import, naqdlashtirish va kapitalni noqonuniy chetga olib chiqish borasida keskin oʻzgarish qilish shartligi koʻrsatib oʻtildi.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q