Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti vakolatlari kengaytirilmoqda

Saqlash
16:56 / 16.01.2024 1024 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024 yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tyapti.

 

Yig‘ilishda qayd etilishicha, hozirda yashirin iqtisodiyot va iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish bilan 14 ta organ tarqoq holda shugʻullanmoqda.

 

Ularning faoliyatini muvofiqlashtiradigan yaxlit ish tizimi yoʻq. Shuning uchun yashirin iqtisodiyot bilan kurashish yangi pogʻonaga olib chiqiladi.

 

Shu maqsadda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti faoliyati kuchaytiriladi. Bunga qadar Departamentning tergov yuritish vakolati boʻlmagani va qonunlarda juda koʻp huquqiy kolliziyalar mavjudligi sababli samarali ishlay olmagan.

 

Misol uchun, hozirgi kunda “obnal firma”ga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatish olti oygacha vaqt oladi. Bu davrda qoʻshtirnoq ichidagi uddaburonlar barcha noqonuniy ishlarini yakunlashga ulguradi.

 

Shularni hisobga olib, Departament chuqur tahlil, tezkor-qidiruv, taftish va oʻzi tergov qiladigan idoraga aylanadi. Uning rahbari bir vaqtning oʻzida Bosh prokuror oʻrinbosari boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//