Oʻzbekistonda Kriminologiya tadqiqot instituti tashkil etiladi

Saqlash
15:12 / 16.01.2024 781 0

Institut respublikadagi kriminogen vaziyatga oid tadqiqotlarni amalga oshiradi, surishtiruv va dastlabki tergov organlariga uslubiy koʻmaklashadi.


“Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasini ilmiy tadqiq qilish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

 

Farmon bilan Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti tashkil etildi. 

 

Institut kriminologik faoliyatni ilmiy va ekspertlik jihatdan taʼminlashga ixtisoslashgan, Ichki ishlar vazirligi tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi, yuridik shaxs maqomiga ega, respublika ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.

 

Institut rahbari Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi. 

 

Institut, jumladan:

 

- respublikadagi kriminogen vaziyatga oid chuqur tadqiqotlarni amalga oshiradi, jinoyatchilik tendensiyalarini tizimli ravishda tahlil va prognoz qiladi;


- jamoatchilik oʻrtasida shov-shuvga sabab boʻlgan jinoyatlarning omillarini aniqlab, ularni bartaraf etish choralarini ishlab chiqishda surishtiruv va dastlabki tergov organlariga uslubiy koʻmaklashadi;


- kriminologiya sohasi boʻyicha mustaqil izlanuvchilik shaklida oliy malakali ilmiy kadrlarni tayyorlaydi.


Institut oʻz vazifalarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari hamda mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda amalga oshiradi, uning faoliyatiga toʻsqinlik qilish, tadqiqot hisobotidagi maʼlumotlarni oʻzgartirishi uchun taʼsir koʻrsatish taqiqlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//