Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda rossiyalik bloger Toshkent teleminorasining taqiqlangan eng yuqori qismiga chiqqani aks etgan video tarqaldi. Toshkent teleminorasi ma’muriyatining Kun.uz nashriga ma’lum qilishicha, bu voqea 2022-yilda sodir bo‘lgan.
Ma’muriyat so‘zlariga ko‘ra, teleminoraning taqiqlangan qismiga chiqqan bloger rossiyalik bo‘lib, video uning “Gopro” kamerasida tasvirga olingan. Klimbing (tirmashib chiqish) sporti bilan shug‘ullanib, shu yo‘nalishda videolar tasvirga oladigan bloger aslida teleminoraning “Alvon” zali – restoran qismiga ovqatlanish uchun chiqqan. So‘ngra u yerdan tashqaridagi temir konstruksiyalariga osilib, hayot uchun xavfli holatda machtachilar foydalanadigan maxsus narvonlar orqali yuqoriga ko‘tarilgan.
Bloger tarqatgan videotasvirlar 2022-yilda olingan bo‘lib, uning Instagram’dagi sahifasiga 2024-yil yanvar oyida joylangan.
Qo‘shimcha qilinishicha, hozirgi kunda teleminoraning taqiqlangan qismlari zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda qat’iy nazoratga olingan.
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112432
Jamiyat
95093
Jamiyat
91313
Jamiyat
76011
Jamiyat
//
Izoh yo‘q