Siyosat
Navoiy shahrida fojiali YTH sodir boʻldi. Bu haqda Navoiy viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 15-yanvar kuni soat 02:00 larda Navoiy shahri Islom Karimov koʻchasida fuqaro A.N. boshqaruvidagi Matiz mashinasi (taksi) svetoforning taqiqlovchi qizil chirogʻida toʻxtab turgan. Shu paytda uning ortidan fuqaro O.N. boshqaruvidagi Volkswagen mashinasi kelib urilgan.
YTH oqibatida Matiz mashinasining orqa oʻrindigʻida yoʻlovchi sifatida ketayotgan E.U. hamda O.Gʻ. tan jarohatlari olib, voqea joyida vofot etgan. Kun.uz nashri xabariga koʻra, Volkswagen haydovchisi YTH vaqtida mast bo‘lgan. Hozirda holat yuzasidan Navoiy shahar IIB tergov boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
112451
Jamiyat
95115
Jamiyat
91355
Jamiyat
76035
Jamiyat
//
Izoh yo‘q