Siyosat
Bayonotda aytilishicha, O‘zbekiston tomoni Tayvanda bo‘lib o‘tgan saylovlar bilan bog‘liq vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
“‘Yagona Xitoy’ tamoyilini qatʼiy qo‘llab-quvvatlashimiz va Xitoy Xalq Respublikasi hukumati Xitoyning yagona qonuniy hukumati, Tayvan esa Xitoy hududining ajralmas qismi ekanligini yana bir bor ma’lum qilamiz”, — deyiladi vazirlik bayonotida.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston ikki sohil o‘rtasidagi munosabatlarning tinch yo‘l bilan rivojlanishining qat’iy tarafdori hamda XXR hukumatining Xitoyni birlashtirish yo‘lidagi barcha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Tayvanda 13-yanvar kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi va unda 40,2 foiz ovoz bilan orolning mustaqilligi tarafdori bo‘lgan Uilyam Lay g‘alaba qozondi. Saylovlar arafasida Xitoy davlat ommaviy axborot vositalari Layni “tinchlikni buzuvchi” deb atagan.
Tayvanda bo‘lib o‘tgan saylov g‘olibini Germaniya, Yaponiya, Chexiya va boshqa bir qator davlatlar hukumatlari ham tabrikladi. Xitoy Tayvandagi prezidentlik saylovlari g‘olibini G‘arb davlatlari tabriklagani sababli keskin noroziligini bildirdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q