Jamiyat
Ma'lum qilinishicha, Bolalar ombudsmani kotibiyatiga Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi S.N. (ayol) kichik yoshdagi farzandini 2-yildan beri kaltaklab, qiynab kelayotgani bayon etilgan murojaat va video materiallar kelib tushgan.
Holat yuzasidan Shofirkon tumani ichki ishlar organlari olib borgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, S.N. farzandi 2018-yilda tug‘ilgan S.F.ni beshikka bog‘lagan holatda tayoq va boshqa jismlar bilan muttasil ravishda uzoq vaqt davomida (2022-yilning mart oylaridan 2023-yil noyabr oyigacha) kaltaklab, qiynab kelgan.
«Mazkur holat yuzasidan S.N.ga nisbatan JKning 110-moddasi 2-qismi, “a,v” bandlari (voyaga yetmagan, ojiz ahvoldaligi ayon bo‘lgan shaxsni qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda Shofirkon tumani IIB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.
Bolalar ombudsmani mazkur holat bo‘yicha bolaning manfaatlari ishonchli ta’minlanishi yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettirishini bildirdi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q