Siyosat
Madrid shahrida Ispaniyaning eng yirik banki O‘zbekiston bank xizmatlari bozoriga kirishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Bu haqda TIVning “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
O‘zbekistonning Madrid shahridagi elchixonasida Ispaniyadagi eng yirik, Yevropada esa katta beshlikka kiruvchi “Santander” bankining mintaqaviy menejeri David Plaza bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida ispan tomoni O‘zbekiston bank xizmatlari bozoriga kirish hamda respublikada amalga oshirilayotgan istiqbolli yirik investitsion loyihalarni moliyalashtirish masalalariga qiziqish bildirgan. Shuningdek, mazkur loyihalarni moliyalashtirish uchun “Santander” banki O‘zbekistonga 500 mln dollar miqdorida kredit mablag‘larini ajratishga tayyorligini ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, bank so‘nggi ikki yilda eksport-import operatsiyalari sohasida tuzilgan bitimlar soni bo‘yicha Yevropada yetakchi bo‘lib kelmoqda.
Uchrashuv yakunida O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish imkoniyati Ispaniya bankining vakolatxonasi ochilishini jadallashtirish omili bo‘lishi ta’kidlangan.
Siyosat
Sport
Iqtisod
Jahon
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q