16-yanvar kuni O‘zbekistonning qator hududlarida yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin

Saqlash
16:37 / 15.01.2024 984 0

«O‘zgidromet» 16-yanvar kuni uchun ob-havo ma'lumotini e’lon qildi.

 

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -1...-3 daraja, kunduzi +2...+4 daraja bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -8...-13 daraja, kunduzi -0...-5 daraja bo‘ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -2...-7 daraja, kunduzi +3...+8 daraja, cho‘l hududlarda kechasi -8...-13 daraja, kunduzi -0...-5 daraja bo‘ladi.

 

Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -0...-5 daraja, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.

 

Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -2...+3 daraja, kunduzi +7...+12 daraja bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi +0...+5 daraja bo‘ladi.

 

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlari tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -2...-7 daraja, kunduzi -3...+2 daraja bo‘ladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//