Jamiyat
Jizzax viloyatining Baxmal tumanida elektr ta’minoti korxonasi xodimi tok urishidan vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
13-yanvar kuni soat taxminan 17:20 larda Baxmal tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tuman IIBga xabar berib, tumandagi elektr ta’minoti korxonasida elektrmontyor sifatida ishlovchi 47 yoshli T.U. Baxmal tumani, “Oyqor” QFY, “Sartyuzi” qishlog‘i hududida simyog‘ochga chiqqan vaqtida tok urib vafot etganini ma’lum qilgan.
Olib borilayotgan tergovga qadar tekshiruvda hodisa sodir bo‘lgan joyga marhum T.U. hamkasbi bilan birgalikda borgani aniqlangan. Ular Baxmal tumani elektr ta’minoti korxonasining “Oyqor” QFY hududiga mas’ul xodimlar bo‘lib, 13-yanvar kuni “Oyqor” QFY hududida elektr ta’minoti uzilib qolgani sabab nosoz joyni aniqlash maqsadida tekshiruv ishlarini olib borayotgan bo‘lgan.
Marhum T.U. sudga oid tibbiyot ekspertizasidan o‘tkazilib, G‘allaorol tumani sud-tibbiy ekspertizasi xulosasida “marhum T.U.ning o‘limi tananing elektr toki urishi va yonishi” oqibatida yuzaga kelgani ko‘rsatilgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q