“Zarafshon” milliy tabiat bog‘ida yuz bergan yong‘in bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Saqlash
15:26 / 15.01.2024 877 0

Samarqand viloyatida joylashgan “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i hududida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.


Yong‘in 2024-yil 13-yanvar kuni milliy tabiat bog‘ining “Olmazor” mahallasi hududida joylashgan qismida kelib chiqqan. Yong‘inni o‘chirishga 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilinib, yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar aniqlanmagan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 120,7 million so‘mni tashkil etadi.

 

«Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan. Tergov jarayoni Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan», deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//