Namanganda deyarli 80 mln Rossiya rublni Qirg‘izistonga o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Saqlash
15:06 / 15.01.2024 888 0

DXX Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda juda ko‘p miqdordagi xorijiy vaylutani noqonuniy ravishda Qirg‘izistonga o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olingan.

 

Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Ola-buqa tumani bilan chegaradosh bo‘lgan Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tuvchi davlat chegarasi tomon harakatlanayotgan “Lasetti” to‘xtatilib, Namangan shahrida yashovchi, 1990-yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvida bo‘lgan mashina ko‘zdan kechirilganda, mashina salonida 3 dona polietilen qoplarga joylashtirilgan jami 79 mln 994 ming 900 Rossiya rubli borligi ma’lum bo‘lgan.

 

Surishtiruvlarda aniqlanishicha, ushbu shaxs pullarni chegaradan o‘tkazib berishi evaziga 300 AQSH dollari olishi kerak bo‘lgan.

 

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//