“Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida bayram tadbirlari bo‘lib oʻtmoqda

Saqlash
19:18 / 13.01.2024 1667 1

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda Zangiota tumanida, Milliy gvardiya bilan hamkorlikda esa  Qibray tumanida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etdi.

 

 

Tadbirlarda hamkor tashkilotlar masʼul xodimlari, “Maʼrifat” targ‘ibotchilar jamiyati aʼzolari, shoir va yozuvchilar, olimlar, sanʼatkorlar va harbiy xizmatchilar qatnashdi.

 

 

- Bugungi kunda Qurolli Kuchlarimiz safida xizmat qilish har bir yigitning orzusi. Yurtimizda professional milliy armiyani shakllantirish, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolariga munosib turmush sharoiti yaratish borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar samarasi o‘laroq harbiy xizmat muqaddas burchga, farzandini armiya saflarida ko‘rish ota-onalarning ezgu orzusiga aylangan. Harbiy sohadagi islohotlar jarayonida yoshlarimizni harbiy-vatanparvarlik, yuksak maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda, - dedi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi boʻlim boshligʻi Mahfirat Zokirova.

 

 

Tadbirda so‘zga chiqqanlar bugungi kunda Qurolli Kuchlarimiz mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligini, sarhadlarimiz daxlsizligini taʼminlashga qodirligi, harbiy xizmatning obro‘-eʼtibori, armiya va xalq birligi yangicha mazmunga ega bo‘lib, yoshlarimiz qalbida armiyamiz bilan faxrlanish tuyg‘usi, Vatan himoyachisidek olijanob kasbga hurmat-ehtirom hissini yanada kuchaytirishga xizmat qilayotganligi xususida to‘xtalib o‘tdilar.

 

 

Tadbirga shoir va sanʼatkorlarning badiiy chiqishlari o‘zgacha shukuh, ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

1 Izoh

SAID VALIYEV

03:01 / 14.01.2024

O'zbekistonliklar uchun, armiya g'ururi va uning tajribasiga ishonch hosil qilish an'anaviydir. Bu bayram tadbirlari orqali, mamlakatning g'ururini taqdim etish, uning qadriyat va ulugvorligi bilan ajratilmasligi ham muhimdir. Mening armiyam mening tayanchim!!!

Izoh qoldirish

//