Jamiyat
Latviyada ishlab yurgan asli oʻzbekistonlik kuryer tasodifiy video sabab mashhur boʻlib ketdi. Bu haqida “Rus.LSM.Lv” telekanali xabar berdi.
Oʻqishdan boʻsh paytlarida Rigada kuryeri boʻlib ishlab yurgan oʻzbekistonlik yigitning pianino chalayotgani aks etgan videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Hasan Azlarov kafeda buyurtmasini kutayotgan vaqtda pianinoda musiqa chalgan.
Ushbu jarayon uning ijrosidan zavqlangan kafe mijozlaridan biri tomonidan suratga olinib, ijtimoiy tarmoqqa joylangan. Tez orada video koʻpchilikka tarqalib, tomoshabinlarning eʼtirofiga sazovor boʻlgan.
Hasan Azlarov “Rus.LSM.Lv” telekanaliga bergan intervyusida 7 yoshidan pianino chalishni boshlagani, soʻng Toshkentdagi Glier nomidagi musiqa bilim yurtida tahsil olganini aytib oʻtgan. Magistraturada oʻqish uchun Latviyaga kelgan va boʻsh vaqtida kuryerlik qilmoqda.
Kutilmagan mashhurlikdan soʻng, Hasan Azlarovga Rigadagi restoranlardan birida pianinochi boʻlib ishlash taklifi tushgan. Endi u oʻzi sevgan ish bilan shugʻullanish imkoniyatiga ega boʻladi.
Ilm-fan
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
111852
Jamiyat
94680
Jamiyat
90677
Jamiyat
75349
Jamiyat
//
Izoh yo‘q