Poytaxtning Binkat va Rixsiliy ko‘chalari qisman yopildi

Saqlash
17:16 / 12.01.2024 2047 0

Poytaxtning ikki ko‘chasi drenaj tizimlarini reja asosida yangilash va ta’mirlash uchun qisman yopildi.

 

Toshkent shahrida yog‘ingarchiliklar oqibatida hududlarda suv to‘planib qolishining oldini olish maqsadida drenaj tizimlarini reja asosida yangilash va ta’mirlash ko‘zda tutilgan, deya xabar berdi Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati.

 

Shu ishlar doirasida, poytaxtimizning Binkat ko‘chasi to‘liq, Rixsiliy ko‘chasi 2024-yil 12-yanvar soat 10:00 dan 14-yanvar 21:00 gacha qisman yopildi. Harakat Rixsiliy ko‘chasida yo‘lning bir tomonidan har ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi.

 

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘ralgan holda, haydovchilarga shu vaqt oralig‘ida aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilindi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//