Iqtisod
Sirdaryoda metan zapravka 62 milliard 488 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bu holat vazirlik huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan DXX va IIV bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida aniqlangan.
Boyovut tumanida joylashgan “B.” MCHJga qarashli AGTKSHga tortilgan gaz quvuri ko‘zdan kechirilganida, gaz hisoblagichdan oldin yer ostidan shoxobcha hududiga gaz quvuri olib kirilib, rezina shlang orqali tabiiy gazni sotishga yo‘naltirilgan holda undan noqonuniy foydalanib kelinayotgani ma’lum bo‘lgan.
Buning natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori jami 62 milliard 488 million so‘mni tashkil etgan.
Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q