Jamiyat
10-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda yosh yigit otasi Ichki ishlar vazirligida ishlashini aytib, bir necha yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda avtomobillarni boshqargani haqida xabarlar tarqaldi.
Surishtiruvlar davomida videodagi shaxs 2006-yilda tug‘ilgani aniqlanib, yigit va uning onasi bilan suhbat uyushtirilgan.
Jarayonda yigit otasi vazirlikda emas, balki “O‘zdonmahsulot” AJda ishlashi, bu gapni video olish uchungina aytganini ma’lum bo‘lgan.
Yigit o‘z mashinasidan tashqari boshqa fuqaroga tegishli Equinox avtomobilini va yana boshqa mashinalarni ham boshqargani aniqlangan. Bu holatlarda bir nechta qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgan va ular tasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqlarga joylangan.
“Video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketdi. Shota Rustaveli ko‘chasida tezligimiz 174−176 atrofida bo‘lgan. O‘shanda o‘zimiz uchun videoga olib, Telegram kanalga tashlagandik. U yerdan tarqalib ketibdi. U yerda ko‘p (marta) svetofor qizil chirog‘idan o‘tilgan. Qilgan ishimdan afsusdaman. Tezlik yaxshi narsaga olib kelmas ekan. Hozir mashinamiz jarima maydonida. Guvohnomasiz harakatlanganim uchun chora ko‘rishdi”, — deydi yigit.
YHXXning qayd etilishicha, yigit boshqargan boshqa shaxsga tegishli Equinox avtomobili ham topilib, jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Yigitning qilgan harakati yuzasidan uning onasiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi bo‘yicha (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va BHMning 5 baravari miqdorida (1 mln 700 ming so‘m) jarima belgilangan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q